- Uy
- Yangiliklar
- Challenge Samarkand 2025: PRO Ayollar poygasi
Challenge Samarkand 2025: PRO Ayollar poygasi
Samarqand, 2025 – Qadimiy Samarqandning jazirama tongida ayollar o‘rtasidagi Challenge Samarkand 2025 poygasi chinakam kuch, chidamlilik va g‘alabaga bo‘lgan iroda tomoshasi bo‘ldi. Klassik masofada (1,9 km suzish, 90 km velosiped, 21,5 km yugurish) ispaniyalik yulduz Sara Sala Peres ajoyib o‘yin ko‘rsatib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Start ro'yxati
Challenge Samarkand poygasida har yili ko'plab taniqli PRO sportchilari qatnashadilar va bu yil ham bundan mustasno emas:
Sara Sala Peres - Ispaniya
Amelia Uotkinson - Yangi Zelandiya
Anna Bergsten - Shvetsiya
Lilli Gelmini - Italiya
Marta Łagownik - Polsha
Ekaterina Shabalina - Qozog'iston
Bridget Theunissen - Janubiy Afrika
Chloe Sparrow - Buyuk Britaniya
Milan Agnyu - Avstraliya
Suzish: Saradan ishonchli start
Sara Sala Peres birinchi bo'lib suvdan chiqib, musobaqaning eng kuchli suzishini ko'rsatdi. U eng yaqin raqibi britaniyalik Chloe Sparrow dan bir daqiqaga uzoqlashdi - bu darhol poyga ohangini o'rnatdi. Suzish bosqichi tiniq va sokin suvda bo'lib o'tdi, bu Saraga o'z imkoniyatlarini to'liq ro'yobga chiqarishga imkon berdi.
“Marshrut go‘zal, suv tiniq va sokin edi, shuning uchun suzish oson kechdi”, dedi Sara. - Men juda xursandman - bu ajoyib joy va musobaqaning tashkil etilishi yuqori darajada bo'ldi. Menga poyga juda yoqdi”.
Velosiped bosqichi:
Velosipedning birinchi yarmida quyruq shamol bo’lgani uchun tezlik juda yuqori edi. Biroq, burilishdan keyin ishtirokchilar kuchli qarshi shamolga duch kelishdi, bu esa poygani ancha qiyinlashtirdi.
Shunga qaramay, Sara Sala Peres ustunligini oshirishda davom etdi. Velosipedning oxiriga kelib, uning ta'qibchilaridan ustunligi besh daqiqaga yetdi - o'rta masofa sharoitida ajoyib natija. Ikkinchi va uchinchi - Chloe Sparrow va Amelia Uotkinson o'rtasidagi farq taxminan bir yarim daqiqani tashkil etdi.
Tranzit zonasidan chiqishda Sara tasodifan suv to’la shishani tashlab yubordi, ammo keyinchalik u tabassum qiligan holda bu uning konsentratsiyasiga ta'sir qilmaganini ta’kidlab o’tdi. Yugurish boshlanishiga kelib, uning ustunligi olti daqiqadan oshib ketdi.
Yugurish: ishonchli marra va shohsupa uchun kurash
Yugurishda Sara Sala Peres poyga nazoratini davom ettirdi. Trek, silliq bo'lsa ham, mashaqqatli bo'lib chiqdi:
"Velosiped tekis va juda tez edi, lekin shamol tufayli qiyin. Yugurish yo‘nalishi ham tekis, lekin oson bo‘lmadi: birinchi bo‘limda kuchli shamol esadi, ikkinchi bo‘limda esa havo qizib ketdi. Shunga qaramay, birinchi o‘rinni egallaganimdan juda xursandman".
Sara murabbiyining strategiyasiga amal qildi:
"Yugurishni boshlaganimda, murabbiyning so'zlarini esladim: "Sara, xotirjam va ishonchli boshla" Men shunday qildim, masofa davomida “portlamadim” va yugurishning oxirgi bosqichida borimni berdim”.
Amelia Uotkinson (Yangi Zelandiya), zaif suzishi va kutilmaganda kamtarona velosiped bosqichiga qaramay, kuchli yugurdi va ishonchli tarzda ikkinchi o'rinni egalladi:
"Sara va men butunlay boshqacha taktikaga ega bo'lishimizni bilardim. Suzishda eng tez emasman, men odatda velosipedda kuchliroqman, lekin bugun unchalik emas. Bunday poygalarda yugurish juda qiyin bo'lishini tushunasiz va shunchaki kurashni davom ettirishingiz kerak. Yakunda men kutganimdan ham yaxshiroq yugurdim".
Amelia qiyin ob-havo sharoitlarini ta'kidladi:
"Yugurish unchalik tez emas edi, lekin shart-sharoitlarni hisobga olsak - boshida shamol va oxirida issiq - bu yaxshi natija bo'ldi. Qaytish yo'lida qanchalik yaxshilanishingiz mumkinligi ajablanarli - poygada haqiqatan ham hamma narsa bo'lishi mumkin. Men ham Anna qayerda ekanligiga ishonchim komil emas edi, shuning uchun diqqatimni jamladim. Bugun bor kuchimni berdim ".
Uchinchi o‘rin shveysariyalik Anna Bergstenga nasib etdi, u kun og‘ir o‘tganini tan oldi:
" Jismoniy tayyorgarlik unchalik ham yuqori bo’lishiga qaramay bu juda og'ir kun va juda jiddiy poyga bo'ldi. Lekin bu joy ajoyib va men buni qanday uddalaganimdan faxrlanaman. Albatta, men yuqori natija bo’lishini istardim- suzish, velosipedda yurish va ayniqsa yugurishda. Men hali ham jismoniy tayyor emasman, shuningdek, shamol va issiqlik katta ta'sir qildi. O'zimni nazoratda ushlab turgan holda yugurish eng zo'r emas edi. Men bor e'tiborimni marraga yetib olishga qaratganimdan xursandman, undan oldingi bo’lgan narsalarga emas.
Challenge Samarkand 2025 ayollar poygasi natijalari:
1-o‘rin – Sara Sala Peres (Ispaniya)
2-o'rin - Amelia Uotkinson (Yangi Zelandiya)
3-o'rin - Anna Bergsten (Shveytsariya)
Challenge Samarkand 2025 nafaqat xalqaro sport tadbiri, balki Markaziy Osiyoda triatlonning rivojlanishi ramziga aylandi. Poyga jazirama quyosh, kuchli shamol va yuqori namlik ostida o‘tdi - va har bir marra iroda g‘alabasi edi.
Barcha ishtirokchilarni tabriklaymiz, muxlislarga rahmat va hozirdanoq Challenge Samarkand 2026 ni intiqlik bilan kutmoqdamiz, bu yerda triatlon bundan keyin ham katta yutuqlarni ilhomlantiradi!
