Natija mavjud emas
Duatlon bo'yicha O'zbekiston chempionati Youth Group

Duatlon – har yili O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasining musobaqa mavsumini ochib beradigan ilk start hisoblanadi. Bu qishki tanaffusdan so‘ng hamkasblar va do‘stlar bilan uchrashish, tajriba almashish hamda Yangi O‘zbekiston bog‘ida qiziqarli va dinamik poygada birgalikda ishtirok etish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Duathlon 3 bosqich va 2 yo‘nalishdan iborat: yugurish, velosiped bosqichi, yana yugurish.

Youth Group toifasi uchun masofa: 5 km / 20 km / 3 km.

O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasi tomonidan o‘tkaziladigan tadbirlar bo‘yicha umumiy nizom amal qiladi.

O‘zbekiston Duatlon chempionati haqida batafsil ma’lumot tadbir sanasiga yaqinroq e’lon qilinadi.

27-mart

12:00–20:00  O‘zbekiston Triatlon Federatsiyasining rasmiy sayti triathlon.uz va ijtimoiy tarmoqlarida onlayn brifing e’lon qilinadi.
12:00–20:00 Start paketlarini Inkonel BM hududida tarqatish (BM bilan kelishilgan holda).

28-mart
Yosh toifalari (Age Group)

08:00 Tranzit zonasi ochilishi, chiplarni tarqatish
08:50 Tranzit zonasi yopilishi
09:00 Yosh toifalari (Age Group) va VK (tanlovdan tashqari) sportchilar starti
10:40 Yugurish + velosiped bosqichlari uchun vaqt limiti
11:00 Duatlon masofasini bosib o‘tish uchun umumiy vaqt limiti

O‘g‘il bolalar va qizlar toifasi

11:00 Barcha yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar va qizlar uchun tranzit zonasi ochilishi
11:45  Barcha yosh toifalaridagi o‘g‘il bolalar va qizlar uchun tranzit zonasi yopilishi
12:00 2016–2018 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar starti (7–9 yosh)
12:40 2013–2015 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar starti (10–12 yosh)
13:30  2010–2012 yillarda tug‘ilgan o‘g‘il bolalar va qizlar starti (13–15 yosh)
15:00 Taqdirlash marosimi (umumiy)
Bepul tadbir
5 km
20 km
3 km
28 март 2026, 08:00
Park New Uzbekistan Xaritada ko'rish
Youth

+998 99 444-55-65

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Перейти в ТГ