- Uy
- Yangiliklar
- Inklyuziya va teng imkoniyatlar
World Triathlon Championship Series Samarkand 2026 Tashkiliy qo‘mitasi tadbirning barcha ishtirokchilari - sportchilar, xodimlar, ko’ngillilar, texnik rasmiylar va tomoshabinlar uchun ochiq, hurmatga asoslangan va xavfsiz muhit yaratishga intiladi.
Biz ishonamizki, sport jins, yosh, jismoniy imkoniyatlar, tajriba yoki ijtimoiy holatdan qat’i nazar, har bir inson uchun ochiq bo‘lishi kerak. Rang-baranglik (diversity) tadbirimizni yanada kuchli qiladi, hurmat esa uning asosidir. Har qanday kamsitish, bosim yoki hurmatsiz munosabat qabul qilinmaydi.
Bizning yondashuvimiz
Inklyuziya tadbirni tashkil etishning ajralmas qismi bo‘lib, u barcha jarayonlarga -infratuzilmani rejalashtirishdan tortib, ishtirokchilar bilan muloqot va kommunikatsiyagacha integratsiya qilinadi.
Biz tadbirimiz quyidagicha bo‘lishiga intilamiz:
-
turli tajriba, yosh va tayyorgarlik darajasiga ega insonlar uchun ochiq
-
barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz va qulay
-
ishtirok va kommunikatsiya jihatidan inklyuziv
-
xalqaro auditoriya uchun tushunarli va do‘stona
Biz inklyuziyani alohida tashabbus sifatida emas, balki har bir boshqaruv va tashkiliy qarorga ta’sir qiluvchi prinsip sifatida ko‘ramiz.
Asosiy tashabbuslar
WTCS Samarkand 2026 doirasida tenglik va inklyuziya tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi tashabbuslar amalga oshiriladi:
Ayollarning sportdagi ishtiroki
Biz ayollar sportini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz va triatlonda ayollar ishtirokini kengaytirish uchun sharoit yaratamiz:
-
ayollar auditoriyasiga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirish, jumladan ayollar klubi va jalb qiluvchi faoliyatlar
-
ishtirok uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish
-
kommunikatsiya va tadbirlar orqali ayollar sportini ommalashtirish
Paratriatlon
Biz parasport rivojiga inklyuziv sport muhitining muhim qismi sifatida alohida e’tibor qaratamiz:
-
O‘zbekiston paratriatlon terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash
-
paratriatletlarni musobaqa dasturiga integratsiya qilish
-
qulay ishtirok va harakatlanish uchun sharoit yaratish
Qulay muhit
Biz har bir inson erkin harakatlana oladigan va o‘zini qulay his qiladigan muhit yaratishga intilamiz:
-
infratuzilmani mavjudlik (accessibility) tamoyillari asosida tashkil etish
-
tadbirning muhim hududlarini turli toifadagi ishtirokchilar uchun moslashtirish
-
tushunarli navigatsiya va qo‘shimcha yordamni ta’minlash
Jamoani o‘qitish va madaniyat
Inklyuziv muhit yaratishda jamoaning o‘rni muhim:
-
LOC xodimlari, texnik rasmiylar va ko’ngillilarni o‘qitish
-
hurmatli muomala, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va to‘g‘ri kommunikatsiya bo‘yicha alohida blok joriy etish
-
ochiq, e’tiborli va hurmatli muloqot madaniyatini shakllantirish
Hamjamiyatni jalb qilish
Biz sportga kirishni kengaytirish va mahalliy hamjamiyatni jalb qilishga intilamiz:
-
mahalliy tashabbuslar va tashkilotlar bilan hamkorlik
-
yangi boshlovchi sportchilarni qo‘llab-quvvatlash
-
sport bilan ilk bor tanishish imkoniyatlarini yaratish
Xavfsiz muhit va fikr-mulohaza
Biz tadbirning barcha bosqichlarida - maydonda ham, kommunikatsiyada ham - xavfsiz va hurmatli muhitni ta’minlaymiz.
Har qanday nomaqbul xatti-harakat jiddiy ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.
Bunday holatlar yuzaga kelganda ishtirokchilar va mehmonlar:
-
Federatsiyaning rasmiy sayti orqali murojaat yuborishlari
-
anonim murojaat qilish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin
Barcha murojaatlar o‘z vaqtida, maxfiy tarzda va yetarli e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi.
Bizning majburiyatimiz
Ushbu siyosat yanada inklyuziv, ochiq va zamonaviy sport muhitini yaratishga bo‘lgan sodiqligimizni aks ettiradi.
Biz inklyuziya doimiy jarayon ekanligini tushunamiz - u e’tibor, rivojlanish va muntazam baholashni talab qiladi. WTCS Samarkand 2026 Tashkiliy qo‘mitasi ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va xalqaro tajribaga tayangan holda o‘z yondashuvlarini izchil takomillashtirib boradi.