Oʻzbekistonda ayollar oʻrtasidagi ilk SHE.TRI triatlon poygasi boʻlib oʻtdi!

7-iyun kuni Oʻzbekistonda SHE.TRI poygasi boʻlib oʻtdi. Bu voqea shunchaki sport musobaqasi emas, balki triatlonda oʻzini ilk bor sinab koʻrishga qaror qilgan ayollar uchun haqiqiy bayramga aylandi.

 

Koʻpgina ishtirokchilar uchun SHE.TRI multisport poygasidagi ilk tajriba boʻldi. Kimdir hayotida birinchi marta startga chiqqan boʻlsa, kimdir ketma-ket uchta bosqichni — suzish, velosiped va yugurishni ilk bor bosib oʻtdi. Biroq eng muhimi, har bir ishtirokchi bu yoʻlni oxirigacha bosib oʻta oldi, hayajonni yengdi, oʻz kuchiga ishondi va haqiqiy sport bayrami muhitini his qila oldi.

 

SHE.TRI musobaqasining oʻziga xosligi — uning ommabopligi va qoʻllab-quvvatlovida.

Masofa ataylab yangi boshlovchilar uchun qulay va tushunarli boʻlishi uchun ishlab chiqilgan: 300 metr — suzish, 6 kilometr — velosiped bosqichi, 900 metr — yugurish

Bunday format ortiqcha bosim va masofaning qiyinchiligidan qoʻrqmasdan, triatlonni sinab koʻrish imkonini beradi. Ishtirokchilar startni oʻzlari uchun qulay boʻlgan tezlikda, istalgan turdagi velosipedda va sport haqiqatdan ham yaqinroq hamda osonroq boʻlishi mumkin degan tuygʻu bilan bosib oʻtishdi.

 

Masofada alohida bir muhit — qoʻllab-quvvatlash, quvonch, hayajon, tabassum va samimiy his-tuygʻular hukmron edi. Qizlar va ayollar bir-birlarini qoʻllab-quvvatladilar, muxlislik qildilar, marrada kutib oldilar va triatlon shunchaki natija emas, balki hamjamiyat, oʻziga boʻlgan ishonch va ichki gʻalaba ekanligini isbotladilar.

 

SHE.TRI ayollar sporti atrofida kuchli va ilhomlantiruvchi hamjamiyat shakllanayotganini koʻrsatdi. Bu — hamma narsani noldan boshlash, yangi ishtrokchi boʻlishdan qoʻrqmaslik, qoʻllab-quvvatlashga erishish va katta bir harakatning bir qismi ekanligini his qilish mumkin boʻlgan maydondir.

Koʻpchilik uchun bu start sportga qoʻyilgan ilk qadam, kimdir uchun esa yangi hayot tarzining boshlanishi boʻldi. SHE.TRI triatlon ommabop, doʻstona va ilhomlantiruvchi boʻlishi mumkinligini isbotladi. Eng muhimi — startga chiqishga qaror qilish.

SHE.TRI — bu shunchaki poyga emas. Bu hamjamiyat, qoʻllab-quvvatlash va har bir ayol oʻzi oʻylaganidan ham koʻprogʻiga qodirligiga boʻlgan ishonchdir!

 

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Anonim murojaat
Перейти в ТГ