Inklyuziya va teng imkoniyatlar

World Triathlon Championship Series Samarkand 2026 Tashkiliy qo‘mitasi tadbirning barcha ishtirokchilari - sportchilar, xodimlar, ko’ngillilar, texnik rasmiylar va tomoshabinlar uchun ochiq, hurmatga asoslangan va xavfsiz muhit yaratishga intiladi.

Biz ishonamizki, sport jins, yosh, jismoniy imkoniyatlar, tajriba yoki ijtimoiy holatdan qat’i nazar, har bir inson uchun ochiq bo‘lishi kerak. Rang-baranglik (diversity) tadbirimizni yanada kuchli qiladi, hurmat esa uning asosidir. Har qanday kamsitish, bosim yoki hurmatsiz munosabat qabul qilinmaydi.

 

Bizning yondashuvimiz

Inklyuziya tadbirni tashkil etishning ajralmas qismi bo‘lib, u barcha jarayonlarga -infratuzilmani rejalashtirishdan tortib, ishtirokchilar bilan muloqot va kommunikatsiyagacha integratsiya qilinadi.

Biz tadbirimiz quyidagicha bo‘lishiga intilamiz:

  • turli tajriba, yosh va tayyorgarlik darajasiga ega insonlar uchun ochiq

  • barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz va qulay

  • ishtirok va kommunikatsiya jihatidan inklyuziv

  • xalqaro auditoriya uchun tushunarli va do‘stona

Biz inklyuziyani alohida tashabbus sifatida emas, balki har bir boshqaruv va tashkiliy qarorga ta’sir qiluvchi prinsip sifatida ko‘ramiz.

 

Asosiy tashabbuslar

WTCS Samarkand 2026 doirasida tenglik va inklyuziya tamoyillarini qo‘llab-quvvatlash uchun quyidagi tashabbuslar amalga oshiriladi:

Ayollarning sportdagi ishtiroki

Biz ayollar sportini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlaymiz va triatlonda ayollar ishtirokini kengaytirish uchun sharoit yaratamiz:

  • ayollar auditoriyasiga qaratilgan tashabbuslarni rivojlantirish, jumladan ayollar klubi va jalb qiluvchi faoliyatlar

  • ishtirok uchun xavfsiz va qo‘llab-quvvatlovchi muhit yaratish

  • kommunikatsiya va tadbirlar orqali ayollar sportini ommalashtirish

Paratriatlon

Biz parasport rivojiga inklyuziv sport muhitining muhim qismi sifatida alohida e’tibor qaratamiz:

  • O‘zbekiston paratriatlon terma jamoasini qo‘llab-quvvatlash

  • paratriatletlarni musobaqa dasturiga integratsiya qilish

  • qulay ishtirok va harakatlanish uchun sharoit yaratish

Qulay muhit

Biz har bir inson erkin harakatlana oladigan va o‘zini qulay his qiladigan muhit yaratishga intilamiz:

  • infratuzilmani mavjudlik (accessibility) tamoyillari asosida tashkil etish

  • tadbirning muhim hududlarini turli toifadagi ishtirokchilar uchun moslashtirish

  • tushunarli navigatsiya va qo‘shimcha yordamni ta’minlash

Jamoani o‘qitish va madaniyat

Inklyuziv muhit yaratishda jamoaning o‘rni muhim:

  • LOC xodimlari, texnik rasmiylar va ko’ngillilarni o‘qitish

  • hurmatli muomala, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va to‘g‘ri kommunikatsiya bo‘yicha alohida blok joriy etish

  • ochiq, e’tiborli va hurmatli muloqot madaniyatini shakllantirish

Hamjamiyatni jalb qilish

Biz sportga kirishni kengaytirish va mahalliy hamjamiyatni jalb qilishga intilamiz:

  • mahalliy tashabbuslar va tashkilotlar bilan hamkorlik

  • yangi boshlovchi sportchilarni qo‘llab-quvvatlash

  • sport bilan ilk bor tanishish imkoniyatlarini yaratish

 

Xavfsiz muhit va fikr-mulohaza

Biz tadbirning barcha bosqichlarida - maydonda ham, kommunikatsiyada ham - xavfsiz va hurmatli muhitni ta’minlaymiz.

Har qanday nomaqbul xatti-harakat jiddiy ko‘rib chiqiladi va tegishli choralar ko‘rilishi mumkin.

Bunday holatlar yuzaga kelganda ishtirokchilar va mehmonlar:

  • Federatsiyaning rasmiy sayti orqali murojaat yuborishlari

  • anonim murojaat qilish imkoniyatidan foydalanishlari mumkin

Barcha murojaatlar o‘z vaqtida, maxfiy tarzda va yetarli e’tibor bilan ko‘rib chiqiladi.

 

Bizning majburiyatimiz

Ushbu siyosat yanada inklyuziv, ochiq va zamonaviy sport muhitini yaratishga bo‘lgan sodiqligimizni aks ettiradi.

Biz inklyuziya doimiy jarayon ekanligini tushunamiz - u e’tibor, rivojlanish va muntazam baholashni talab qiladi. WTCS Samarkand 2026 Tashkiliy qo‘mitasi ishtirokchilarning fikr-mulohazalari va xalqaro tajribaga tayangan holda o‘z yondashuvlarini izchil takomillashtirib boradi.

 

Saytga kiring
Parolni unutdingizmi?
Agar hisobingiz bo'lmasa, ro'yxatdan o'tishingiz mumkin
Anonim murojaat
Перейти в ТГ